Toshkent sh., Yashnabod tumani, Muxtor Ashrafiy k., 110
info@artkovka.uz
(+998 90) 918 02 05

“ART-KOVKA” – bu – suyanishingiz mumkin bo’lgan hamkor. Bizning kompaniyamiz har qanday murakkablikdagi va turli maqsadlarda foydalaniladigan yuqori sifatli badiiy ishlov berilgan metallarni ishlab chiqarish bilan shug’ullanadi.

20 yildan ortiq tajribamiz va amalga oshirilgan yuzlab loyihalarimiz jamoamizni O’zbekistonda metallga badiiy ishlov berish sohasida yetakchi o’ringa olib chiqdi.

Biroq biz erishgan natijalarimiz bilan to’xtab qolmaymiz. Ilg’or texnik jihozlar, malakali xodimlar va yuqori sifatli xizmat ko’rsatish, bularning barchasi esa zamonaviy bozorning har qanday talab va ehtiyojlariga javob beradigan zamonaviy, jadal rivojlanayotgan korxona yaratish imkonini berdi.

“ART-KOVKA” xizmatlari ro’yxati mahsulotning individual dizaynini loyihalash va ishlab chiqishdan tortib, tayyor mahsulotlarni o’rnatishgacha bo’lgan butun ish jarayonnini o’z ichiga oladi. Bizning menejerlarimiz dizayn, narx va sifat jihatidan eng yaxshi variantni tanlashda yordam beradilar, ular o’lchov olish va maslahat uchun sizga qulay bo’lgan vaqtda kelishadi, “ART-KOVKA” mahsulotlari bo’yicha sizni qiziqtirgan barcha savollarga oydinlik kiritishlari mumkin.

Bizning dizaynerlarimiz badiiy ishlov berilgan mahsulotlar uchun eksklyuziv loyihani ishlab chiqishlari, yoki 15000 dan ortiq turdagi modellarga ega bo’lgan katalogdan o’zingiz yoqtirgan mahsulot variantini qayta ishlab berishlari mumkin. Har qanday xolatda ham, siz ishlab chiqarish sifati va mahsulotimiz tashqi ko’rinishidan mamnun bo’lasiz.

Biz sizning takliflaringizni va kelgusidagi siz bilan hamkorlikdagi faoliyatimizni muhokama qilishdan mamnun bo’lamiz.