Polimer kukunli bo’yash bu – dekorativ xususiyatlarga ega yuqori himoyalangan polimer qoplamani olish usulidir. Boshqacha qilib aytganda, kukunli bo’yoq berish nafaqat mahsulotlarning estetik ko’rinishini o’zgartirishga imkon beradi, balki materialni korroziyadan uzoq vaqt himoya qilish tufayli u yoki bu mahsulotning xizmat qilish muddatini uzaytirish imkonini beradi.
Metallni plazma bilan kesish bu – plazma oqimi yordamida tayyor metal mahsulotlarni qayta ishlash usulidir. Ushbu usul har qanday metallni kesish imkonini beradi, chunki kesishni amalga oshirish uchun materialning elektr o’tkazuvchanligiga ega bo’lishi kifoyadir. Qayta ishlash davomida tozalash uchun minimal kuch talab qiladigan yuqori sifatli kesmalar olinadi.